Og‘ir portfellar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘sishi va rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi haqidagi iddaolar internetda tarqaldi. Factchecknet.uz ushbu xabarni tekshirdi.
HUKM: ROST
Ha, og‘ir portfellar haqiqatan ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘sishi va rivojlanishiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu pediatriya va ortopediya sohasidagi ko‘plab tadqiqotlar bilan tasdiqlangan.
Nega og‘ir portfellar bolalar uchun zarar?
Bolaning umurtqa pog‘onasi rivojlanish bosqichida bo‘ladi va ortiqcha yuk egriliklar (skolioz, kifoz)ga, bel og‘rig‘iga va boshqa ortopedik muammolarga sabab bo‘lishi mumkin.
Ryukzak og‘irligining noto‘g‘ri taqsimlanishi bukirlik va boshqa qomat muammolariga olib keladi.
Uzoq vaqt davomida og‘ir yuklarni ko‘tarib yurish yelke, bo‘yin mushaklarining haddan tashqari kuchlanishiga olib keladi va bo‘g‘imlarda og‘riq paydo bo‘lishi mumkin.
Siqilgan tomirlar qo‘llarning qon bilan ta’minlanishini buzishi mumkin, bu esa uvishish va boshqa noqulayliklarni keltirib chiqaradi.
Qanday qilib xavfsiz ryukzak tanlash mumkin?
- Ryukzak bola vaznining 10-15% dan oshmasligi kerak.
- Keng yelka kamarli, belda belbog‘i, yukni teng taqsimlash uchun bir nechta bo‘linmalari bo‘lishi lozim.
- Matosi yengil va chidamli bo‘lsin.
- Yelka kamarlar uzunligini va orqa tarafi balandligini bolaning bo‘yiga mos ravishda sozlash imkoniyati ham bo‘lishi kerak.
Ota-onalar nima qilishlari lozim?
Farzandingiz keraksiz narsalarni olib yurmasligini muntazam tekshirib turing. Og‘riq yoki noqulaylikning birinchi belgisida pediatr yoki ortopedga murojaat qilishing.