Haqiqatan ham O‘zbekistonga diler orqali emas, balki norasmiy olib kirilgan Zeekr avtomobillari bloklanadimi? Bunday xabarlar bir nechta kanallarda paydo bo‘ldi (1, 2, 3).
“Xitoylik avtomobil ishlab chiqaruvchisi Rossiya va Qozogʻistonga noqonuniy olib kirilayotgan elektromobillarni masofadan bloklashni boshladi. Endi xuddi shunday tahdid O‘zbekistonga ham kelib turibdi. Agar 2024-yil 15-iyuldan keyin chiqarilgan Zeekr elektromobili O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilgan bo‘lsa, kompaniya ularni masofadan turib o‘chirib qo‘yishi mumkin”, — deyiladi xabarda.
HUKM: ROST
Bu maʼlumot haqiqat. Xitoy kompaniyasi Qozog‘iston va Rossiyada bo‘lgani kabi, tashqi bozorlarga rasmiy ta’minot kanallaridan chiqarilmagan avtomobillarning funksiyalarini masofadan turib o‘chirib qo‘yishi mumkin. Agar 2024-yil 15-iyuldan keyin ishlab chiqarilgan Zeekr elektromobili O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilgan bo‘lsa, ishlab chiqaruvchi uni bloklashi mumkin.
Ushbu chora vakolatli dilerlarni himoya qilish va to‘g‘ri xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga qaratilgan. Bunda bu kabi harakatlar sertifikatlangan dilerlar orqali sotib olingan transport vositalariga ta’sir qilmaydi.Xitoylik ishlab chiqaruvchi O‘zbekiston bozoriga joriy yilda Zeekr 001, X va 007 modellarini olib kirdi. Kompaniyaning o‘zi nisbatan yosh, Zeekr 2021-yilda tashkil etilgan.