Ombudsman milliy sabablar asosidagi mojarolar haqidagi xabarlarni rad etdi

Улашиш:

Ba’zi rus nashrlari O‘zbekistondagi maktablardan birida “rusiyzabon o‘quvchilar muntazam ravishda kaltaklanadi”, degan mazmundagi xabar paydo bo‘ldi.

Nashr ura.ru sayti materialiga tayanadi, biroq ushbu portalda shunga o‘xshash mazmundagi yangiliklar topilmadi.

HUKM: MANIPULYATSIYA

Gap Jizzaxdagi maktablardan birida yuz bergan voqea haqida ketmoqda. Yana bir nashr — “RIA Novosti” O‘zbekiston Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaga izoh so‘rab murojaat qildi. U, oʻz navbatida, OAVda “Jizzax shahridagi maktablardan birida rusiyzabon oʻquvchilarning muntazam ravishda kaltaklanishi” haqidagi xabarlarni tekshirishini aytdi.

“Viloyat maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi boshqarmasi, Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar boshqarmasining tegishli xodimlari tomonidan oʻquvchilarning ota-onalari ishtirokida tezkor surishtiruv ishlari olib borildi”, — deyiladi rasmiy xabarda.

Qayd etilishicha, maktab o‘quvchilari shaxsiy kelishmovchiliklar tufayli mushtlashgan.

“Antifake” kanali go‘yoki til tufayli muntazam janjallar haqidagi xabarlarni rad etgan.

“Jizzax shahridagi 1-maktabda bir guruh oʻquvchilar oʻzbek tilini bilmaganlarni muntazam ravishda kaltaklayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlar, xorijiy veb-resurslar va Telegram messenjerida xabarlar tarqalmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu xabarlarga ilova qilingan videoda tasvirga olingan voqea o‘quvchilar o‘rtasidagi shaxsiy nizo tufayli yuzaga kelgan va u til masalasiga hech qanday aloqasi yo‘q”, — deyiladi xabarda.

O‘quvchilarning millatiga urg‘u berilgan holda “muntazam kaltaklanishi” haqidagi keng tarqalgan xabarlarni manipulyatsiya deb hisoblash mumkin, chunki bu xabar boshqa ma’lumotlar va tekshiruv natijalari bilan tasdiqlanmagan.

2014-2024 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.