Toshkentda talabalarni kvartira ijarasidagi firibgarliklar haqida ogohlantirishdi

Улашиш:

Toshkentda yangi o‘quv yili boshida talabalarga mavjud bo‘lmagan kvartiralarni ijaraga berishni taklif qilayotgan firibgarlar faollashdi.

HUKM: ROST

Poytaxt IIB matbuot xizmati firibgarlar asosan mashhur OLX reklama saytidan foydalanishini tasdiqladi.

U yerda ular hamyonbop narxlarda va qulay joylarda, asosan shahar markazidagi kvartiralarni ijaraga berish haqida ma’lumotlar joylashtirmoqda. Biroq, ko‘pincha bunday kvartiralar mavjud emas.

Talabalar “zo‘r” takliflar bo‘yichaaloqaga chiqishadi va qarmoqqa ilinishadi. Masalan, ular kvartira uchun garov pulini yuborishadi va firibgarlar pulni olgach, darhol g‘oyib bo‘lishadi.

Bunday noxush holatlarning oldini olish maqsadida uy-joy izlayotgan O‘zbekiston fuqarolariga internetda e’lon qilingan hamma narsaga ishonmaslik, shuningdek, xonadonni ko‘rmasdan turib, pul bermaslik tavsiya etiladi.

Imkon qadar sinalgan mutaxassislarga murojaat qilish va shartnoma tuzish maslahat etiladi.

2014-2025 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.