Qoidabuzarlik 48 soat ichida bazaga yetib bormasa, jarima bekor qilinadimi?

Улашиш:

Telegram kanallarida kuzatuv kameralari qayd etgan qoidabuzarlik 48 soat ichida YHXXga yuborilmasa, jarima bekor bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqalyapti. Factchecknet.uz bu xabarlar haqiqatga qanchalik yaqin ekanligini tekshirdi. 

HUKM: ROST

2024-yilning 28-oktyabridan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun  kuchga kirdi. Qonunning 271-moddasiga ko‘ra, huquqbuzarlik uchun jarimalar ikki sababga muvofiq bekor qilinishi mumkin:

  1. Yo‘l harakati qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan hollarda, transport vositasining mulkdori to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lmasa;
  2. Agar maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishi to‘g‘risidagi ma’lumot jarima solish haqida qaror chiqarishga vakolatli bo‘lgan shaxsga 48 soat ichida yuborilmagan bo‘lsa.

Kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga qaratilgan qonun loyihasi ilk bor Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan fevral oyida takomillashtirish uchun qaytarilgan, aprelda esa birinchi o‘qishda qabul qilingan

Qonun loyihasida taklif qilingan skuter, moped, velosiped va boshqa shu kabi transport vositalarini boshqarishda qoidalarni buzganlik, jumladan, yoʻlovchi tashish uchun BHMning ikkidan bir qismi miqdorida jarimaga tortish ham qabul qilindi.Shuningdek, qonun bilan yo‘l-patrul xizmati xodimlarining xizmatni o‘tash vaqtida yo‘l harakati qoidabuzarligini aniqlagan taqdirda qoidabuzarga joyning o‘zida jarima qo‘llashi mumkinligini nazarda tutuvchi vakolat ham bekor qilingan.

2014-2025 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.