O‘zbekistonda tonirovka uchun jarima kamaytirilishi mumkinmi?

Улашиш:

Hozirda tonirovka bilan bog‘liq qoidabuzarlik uchun 8,5 million so‘m to‘lash kerak, biroq bu summa 170 mingga tushirilishi mumkin.

Telegramda shu mazmundagi axborot posti paydo bo‘ldi.

“Mamlakatda hayot uchun xavf tug‘dirish-tug‘dirmasligiga qarab jarimalar qo‘yish tizimini yaratishmoqchi. Shu sababdan piyodalarni o‘tkazmaganlik uchun jarimani 8,5 million so‘mgacha oshirishmoqchi. Avtomobilni tonirovka qilish uchun ruxsatsiz boshqarganlik uchun jarima 170 ming so‘mgacha kamaytiriladi, chunki bu hayot uchun xavf tug‘dirmaydi”, — deyiladi xabarda.


Boshqa bir kanalda xuddi shu mavzuda O‘zbekistonda piyodani o‘tkazib yubormagan haydovchilar 8,5 million so‘m jarimaga tortilishi mumkinligi yozilgan.

Haqiqatan ham shundaymi?

HUKM: QISMAN TO‘G‘RI

Darhaqiqat, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligidan ham shunday taklif tushgan.

Biroq, 8,5 million summasi boshqa kontekstda keladi. Keling, manbada nima yozilganligini ko‘rib chiqaylik.

Mutaxassislar ma’muriy jarimalar miqdorini belgilash mexanizmlarining yo‘qligi sodir etilgan huquqbuzarlikka mutanosib bo‘lmagan jarimaga tortilishga sabab bo‘lmoqda, degan xulosaga keldi.

“Avtomobil oynalarini ruxsatnomasiz qoraytirganlik uchun nazarda tutilgan 8,5 mln so‘mlik jarima belgilanganda, ruxsatnomaning narxi 11-13 mln so‘m bo‘lgan. Bugungi kunda ruxsatnoma 2,7 mln so‘m etib belgilangan, ammo jarima miqdori esa o‘zgarishsiz qolmoqda”, — deyiladi xabarda.

Taqqoslash uchun Qozog‘iston, Rossiya va Belarusdagi vaziyat berilgan, ularda jarimalar sezilarli darajada past.

Shuningdek, fuqarolarning sog‘lig‘i va hayoti xavfsizligini buzganlik uchun jarimalar oynalarni ruxsatsiz tonirovka qilish uchun jarimaga nisbatan ustuvor ahamiyatga ega ekanligi qayd etilgan. Shu munosabat bilan birinchilarini qayta ko‘rib chiqish va kuchaytirish kerak.

Shuningdek, quyidagi takliflar kelib tushgan:

  • joriy ma’muriy jarimalar miqdorini ularning sodir etilgan huquqbuzarlikka mutanosibligini tekshirish;
  • fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan huquqbuzarliklar uchun jarima miqdorini oshirish masalasini ko‘rib chiqish;
  • Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks normalarining korrupsiyaga qarshi kompleks ekspertizasini o‘tkazish;
  • Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksga ma’muriy jazoning alohida turi sifatida “ogohlantirish” institutini kiritish.

Shu bilan birga, bu takliflarning kiritilishi muayyan jarimalar kamaytiriladi yoki oshiriladi, degani emas.

Strategik islohotlar agentligi Prezidentning 2022-yildagi farmoniga muvofiq Strategik rivojlanish agentligi negizida tashkil etilgan. Uning vazifalariga takliflar ishlab chiqish, islohotlar samaradorligini baholash, “O‘zbekiston – 2030” Strategiyasini monitoring qilish va boshqalar kiradi. Biroq, hozircha bu faqat takliflar. Kodeksga o‘zgartirishlar kiritish uchun esa parlament eshituvlari o‘tkazilishi va bu borada ijobiy qarorlar qabul qilinishi, tegishli qonun prezident tomonidan imzolanishi kerak.

2014-2025 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.