Sovunlarda zararli moddalar borligi rostmi?

Улашиш:

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga koʻra, sovunlarda teri uchun zararli moddalar mavjud. Faktcheknet.uz mazkur xabar qay darajada haqiqatga yaqin ekanligini tekshirib koʻrdi. 

HUKM : QISMAN ROST

Bir qancha nashrlar sovunlarda terini zararlaydigan moddalar mavjud ekanligini taʼkidlaydi. (123). Xususan, “Medicalnewstoday.com” tibbiy nashriga koʻra, baʼzi sovunlar teriga zarar yetkazuvchi yoki sogʻliq uchun zararli boʻlishi mumkin boʻlgan kimyoviy moddalarni oʻz ichiga oladi, masalan :

  • Formaldegid : ushbu modda konserogen hisoblanib, baʼzi turdagi saratonning kelib chiqishiga sabab boʻlishi mumkin.
  • Triklosan : koʻpincha antibakterial sovunlarda uchraydi va gormonal tizimga zarar yetkazishi yoki antibiotiklarga chidamli bakteriyalar rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
  • Natriy laurel sulfat (SLS) : terini tirnash xususiyatiga ega moddadir. Zarar  koʻlami turli tadqiqotlarda bahsli. 
  • Dietanolamin : koʻpikni hosil qiluvchi modda va yaxshi tozalangan holatda xavfi kam, lekin baʼzan salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.
  • Ftalatlar : gormonal tizimga zarar yetkazishi reproduktiv tizimda muammolar keltirib chiqarishi mumkin. 

Bundan tashqari baʼzi sovunlarda parabenlar kabi allergik reaksiyalar beruvchi moddalar ham mavjud. Parabenlar 1920-yillardan beri kosmetika va tanani parvarish qilish mahsulotlarida sun’iy konservantlar sifatida keng qo’llaniladigan kimyoviy moddalar guruhidir.   Parabenlar qon va teriga singib ketadigan endokrin buzuvchi kimyoviy moddalardir. 

Ba’zi odamlarning terisida allergik reaksiyaga sabab bo’lishidan tashqari, ular ko’krak saratoni va tuxumdon saratoni kabi boshqa gormonlar bilan bog’liq saratonlarga olib kelishi mumkin bo’lgan gormonal nomutanosibliklarni ham yaratishi mumkin.Baʼzi sovunlar inson salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi kimyoviy moddalarni oʻz ichiga olganligi sababli tabiiy yoki sertifikatlangan organik sovunlarni tanlash tavsiya etiladi. Tabiiy sovunlar, asosan, oʻsimlik yogʻlaridan tayyorlanadi va ularda konservantlar boʻlmaydi. Zararli moddalardan saqlanish uchun tarkibida xushboʻy hid beruvchi, terini qoʻzgʻatuvchi va sogʻliqqa zarar yetkazuvchi kimyoviy moddalar boʻlgan sovunlarni ajrata olish lozim.

2014-2024 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.