Chaqaloqning labidan o‘pish xavflimi?

Улашиш:

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga ko‘ra, chaqaloqning labidan o‘pish dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Unda Braylin ismli qizcha sog‘lom tug‘ilganligi, biroq kasal qarindoshi uning labidan o‘pganligi sababli gerpetik entsifalitga chalinib, butun umrga falaj bo‘lib qolganligi aytiladi.

Factchecknet.uz ushbu xabarning haqiqatga mos kelishini tekshirdi.

HUKM: ROST

Haqiqatan ham, Braylin ismli qiz sog‘lom bo‘lib tug‘ilgan, ammo chaqaloqligida uchuq chiqqan odam tomonidan o‘pilgan. Uning immun tizimi rivojlanmaganligi sababli, HSV infeksiyasi uning miyasiga hujum qilgan va unda og‘ir travmatik miya jarohatini keltirib chiqargan. 8 yoshli Braylin hozir yura va gapira olmaydi. Uning balog‘at yoshigacha yashab qolishi aniq emas. Qizning oilasi chaqaloqning labidan o‘pish o‘ta xavfli ekanligi haqida boshqalar ham bilishini istaydi

Shuningdek, internetda o‘pich ortidan farzandidan ayrilgan ota-onalar hikoyalari tez-tez uchrab turadi: 12345.

Chaqaloqlarni o‘pish ularning endi rivojlanayotgan immun tizimi kurashishga qiynaladigan bir qancha kasalliklarga olib kelishi mumkin:

  1. Respirator Syncytial Virus (RSV): jismoniy aloqa yoki nafas tomchilari orqali yuqadigan, nafas olish muammolarini keltirib chiqaradigan hamda yurak va miyaga ta’sir qiladigan jiddiy holat;
  2. Immun tizimining zaiflashishi: yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda immun tizimi zaiflashadi, bu ularni infeksiyalar yuqtirib olishga moyil qiladi;
  3. Allergik reaksiyalar: oziq-ovqat zarralari yoki terini parvarish qilish mahsulotlarining ta’siriga olib kelishi mumkin bo‘lgan o‘pish yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda allergiya qo‘zg‘atishi mumkin;
  4. Qo‘l, oyoq va og‘iz aloqasi kasalliklari: oshqozon yarasi va toshmalar keltirib chiqaradigan keng tarqalgan virus chaqaloqlar va yosh bolalar uchun muammoli bo‘ladi;
  5. Isitma pufakchalari (gerpes yaralar): HSV-1 virusining yuqishi miyaga potentsial jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
2014-2024 SANGZOR.uz. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.