Zararli oziq-ovqat tufayli xotirada muammolar paydo bo‘lishi mumkinmi?

Улашиш:

Internetda “zararli” oziq-ovqatning inson ma’lumotlarni eslab qolish qobiliyatiga ta’siri haqida yozishmoqda. Factchecknet.uz tahririyati ushbu ma’lumotlarni tekshirdi.

HUKM: QISMAN ROST

Los-Anjelesdagi Janubiy Kaliforniya universiteti olimlari ko‘p miqdorda yog‘li va shakarli ovqatlarni iste’mol qilish ma’lumotlarni eslab qolish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini aniqladi.

Tadqiqot ishini tayyorlashda mutaxassislar avvalgi tadqiqotlar noto‘g‘ri ovqatlanish va Altsgeymer kasalligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatganini hisobga oldilar. Olimlar xotira, o‘rganish va harakatchanlik uchun zarur bo‘lgan neyrotransmitter atsetilxolin darajasi Altsgeymer kasalligi bilan og‘rigan odamlarning miyasida pasayganligini aniqlashdi. Zararli yegulik bilan oziqlangan kalamushlarda parhezning atsetilxolin darajasiga ta’sirini o‘rgangach, olimlar natijalarni baholash uchun xotira testlarini o‘tkazdilar.

Tajriba davomida kemiruvchilar obyektlarni qidiradigan joylarga joylashtirildi. Zararli oziq-ovqatlarni iste’mol qilgan kalamushlar avval ko‘rgan narsalarini eslab qolishlari qiyin bo‘ldi. Ammo ikkinchi nazorat guruhidagilar testni muvaffaqiyatli yakunladilar.

Zararli oziq-ovqatlarni yaxshisiga almashtirish orqali olimlar xotira muammolarini hal qilmadilar. Biroq, ular atsetilxolinni taqlid qiluvchi dori yordamida kalamushlarning miyasini “davolash” muvaffaqiyatli bo‘ldi. Mutaxassislar xotirani tekshirishdan oldin uni bevosita miyaning gipokampiga kiritdilar.

O‘sayotgan nosog‘lom ovqatlanish organizmga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Erta yoshdan boshlab diyetani rejalashtirishga ongli ravishda yondashish kerak va bu odatni hayot davomida saqlab qolish muhimdir.

2014-2024 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.