Bolalar mashinalari oyoq qiyshayishiga olib keladimi?

Улашиш:

Ijtimoiy tarmoqlarda bolalar o‘yinchoq mashinasi (“katalka”, “xodunok”) bolalarning oyog‘ining shakli o‘zgarishiga olib keladi, degan mazmundagi xabarlar tarqaldi. 

Factchecknet.uz ushbu xabar haqiqatga qanchalik mos kelishini tekshirdi.

HUKM: YOLG‘ON

Tadqiqotlarga ko‘ra, “xodunok” oyoq qiyshiqligiga olib kelmaydi, biroq 185 nafar chaqaloq bilan o‘tkazilgan sinovlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, “xodunok”dan ko‘p marotaba foydalangan bolalarning 167 nafarida rivojlanish kechikishi kuzatilgan. Ammo pediatrlarning 89%i bu fikrga qo’shilmaydilar va bunday xulosaga kelish uchun dalillar yetarli emas deb hisoblaydilar. 

Shuningdek, boshqa bir qancha mahalliy va xorijiy manbalar oyoq shakli o‘zgarishida “xodunok”, bolalar mashinalarining zararli emasligini ta’kidlaydi (123). 

Bundan tashqari, “Boston Children’s Hospital” rasmiy sahifasida oyoqning valgus bo‘lishiga olib keladigan boshqa sabablar qatorida quyidagilar keltirilgan:

  • Skelet diplaziyalari ( bu chaqaloqning suyaklari, bo‘g‘imlari noto‘g‘ri rivojlanishiga olib keladigan noyob genetik kasalliklar toifasi) yoki raxit (D vitamini yetishmasligida kelib chiqadigan suyak kasalliklari) kabi metabolik suyak kasalliklari genetik holatlar tizzalari valgus bo‘lishiga olib kelishi mumkin. 
  • Bolalarda semirib ketish va ko‘p ovqatlanish ham oyoqning qiyshayishiga sabab bo‘ladi. 
  • Tizza suyagi (tibia) yoki son suyagi (femur) o‘sish sohasining shikastlanishi faqat bitta tizzaning ichkariga egilishiga olib kelishi mumkin. 

Metabolik kasalliklar.

Oyoqning X shaklida bo‘lishi simptomlari:

  • tizzalar bir-biriga tegib turganda to‘piqlar bir-biridan ajralib turishi;
  • yurish paytida oqsoqlanish;
  • tizza yoki son og‘rig‘i ;
  • bo‘y past bo‘lishi (BMI index massa bo‘yicha 5 dan past bo‘lishi). 

Oyoqning O shaklida bo‘lishi simptomlari:

  • yurish va yugurishda qiyinchiliklar;
  • tizza bo‘gimining “tashqariga” ketayotganini his qilish;
  • tizzalarda og‘riq bo‘lishi.

Bunday holatlarda oyoq korrektsiyasi uchun jismoniy mashqlar, operatsiya yoki maxsus metal tayanchlar yordam beradi.

 Faktchekerlar hamjamiyatiga qo‘shiling.

2014-2024 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.