Poytaxtda “Tibbiy faktchekingni rivojlantirish trendlari” mavzusida birinchi Factcheck Meetup bo‘lib o‘tdi va unda faktcheking hamjamiyati vakillari jam bo‘lishdi.
Tashkilotchilar — Factchecknet.uz sayti va Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi.

Tadbir davomida ochiq manbalar ma’lumotlaridan foydalangan holda tekshiruv o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari, zamonaviy media makonda feyklarni aniqlash usullari, faktcheking instrumentlari, shuningdek, ushbu sohadagi rivojlanish trendlari kabi bir qancha dolzarb mavzular muhokama qilindi.
Taklif etilgan ekspert – yuqumli kasalliklar shifokori, kardiolog Lali Silagadze faktchekingning kelajagi va uning sog‘liqni saqlash sohasidagi axborot sifatini oshirishdagi roli haqida o‘z qarashlari bilan bo‘lishdi.
Meetup tajriba almashish va media savodxonlikni oshirish strategiyalarini muhokama qilish uchun yaxshi platformaga aylandi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilar axborot ishonchliligini ta’minlash va aholining mediaga ishonchini oshirish uchun faktchekingni yanada rivojlantirish zarurligini ta’kidlashdi.
Factcheck Meetup O‘zbekistonda, xususan, sog‘liqni saqlash kabi muhim sohada faktcheking madaniyatini targ‘ib qilishda muhim qadam bo‘ldi.