“Dangerzone” zararli dasturlarni PDF-fayllardan olib tashlaydi

Улашиш:

PDF-fayllardan zararli dasturlarni olib tashlash uchun mo‘ljallangan “Dangerzone” vositasini e’tiboringizga havola qilamiz.

Maqolada ushbu vositaning imkoniyatlari tahlili, potentsial xavfli elementlarni aniqlash va yo‘q qilish samaradorligi, shuningdek raqamli muhitda PDF-fayllar bilan xavfsiz ishlash bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan.

Material GIJN (Global Journalistic Journalism Network — Tadqiqotchi jurnalistlarning global tarmog‘i) katta reportyori Rovann Filipp tomonidan taqdim etilgan. U PDF hujjatlaridagi zararli tahdidlardan himoya qilish kontekstida “Dangerzone”ning funksionalligi va qo‘llanilishi haqida yozgan.

Tadqiqotchi jurnalistlar manbalardan  sizib chiqqan elektron maʼlumotlarni olganlarida  baʼzan ular ichida xavfli zararli dasturlar bo‘lishi mumkin. Biz, shuningdek, tahririyatlarga ataylab virusli “syujetlar uchun materiallar” yuboradigan yomon niyatlilarning hujumlaridan xabardormiz.
“Dangerzone” — bu “Freedom of the Press” jamg‘armasi tomonidan boshqariladigan ochiq manbali vosita. Bir marta bosasiz va u yuklab olingan fayldan xavfli tarkibni olib tashlaydi va natijani xavfsiz PDF’ga aylantiradi. Asl hujjat  uni tasodifan ham ocholmaydigan joyda saqlanadi. Agressiv zararli dasturlardan himoya qilish uchun “virtual kompyuter” yaratiladi.

“Vosita jurnalistlar uchun ishlab chiqilgan. Siz zararli dasturlarni o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan PDF-faylni yuklab olmoqdasiz, — deydi Freedom of the Press jamg‘armasi raqamli xavfsizlik bo‘yicha katta trener Devid Uerta. — Vosita ba’zi OCR (belgilarni optik aniqlash) funktsiyalarini ham bajarishi mumkin”.

Shuni yodda tutingki, boshqa, ushbu vosita hal qilolmaydigan PDF-fayllar bilan bog‘liq bo‘lgan xavfsizlik xatarlari ham bo‘lishi mumkin. Masalan, potentsial manbani aniqlash uchun maxfiy hujjatlarga maxfiy belgilar qo‘shilishi mumkin.

“Agar siz hujjatning mazmuni, masalan, printer belgilari yoki qasddan qilingan xatolar tufayli maxfiylik buzilishidan xavotirda bo‘lsangiz, bu vosita sizga yordam bermaydi, chunki u PDF’ning vizual nusxasini yaratadi”, — deb tan oladi Uerta.

2014-2024 SANGZOR.uz. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.