Bepul dori-darmon niqobi ostida tovlamachilik

Улашиш:

Ijtimoiy tarmoqlarda bepul dori-darmon tarqatish niqobi ostida tovlamachilik qilayotgan shaxslar haqida ogohlantirish postlari tarqalmoqda. “Facebook va Instagramda firibgarlar artrit va diabetga qarshi bepul dori-darmonlar niqobi ostida foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini olishga harakat qilmoqda. Firibgarlar dori vositasini tekinga olish uchun turli ma’lumotlarni to‘ldirish blankalari bo‘lgan soxta sahifalar yaratishgan. Saytlar, shuningdek, ushbu dastur Yevropa tomonidan moliyalashtirilganligini, MDH bosh revmatologi va boshqa shifokorlarning soxta tavsiyasi va o‘nlab ijobiy sharhlarni ko‘rsatadi”, — deyiladi xabarda.

Eng birinchi navbatda e’tibor berilishi kerak bo‘lgan jihat shundaki, bunday xabarlar odatda shubhali akkauntlar tomonidan reklama qilingan holda tarqatiladi. Quyidagi tasvirda bu holatga guvoh bo‘lish mumkin.

Shuningdek, reklama materiali matnida keltirilgan ismlar, sanalar va faktlarni izlab, tekshirib ko‘ring. Xususan, quyidagi suratda keltirilgan fotosurat va ism-sharif o‘zaro mos kelmaydi. Endokrinolog sifatida ta’riflangan o‘zbekistonlik Mariya Chobanu aslida samaralik terapevt Susanna Kolyandir.

Shuningdek, skrinlarda ko‘ringan dori vositasi “Glyuko Nova” O‘zbekiston dori vositalari va tibbiy buyumlarining davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan.

Internet foydalanuvchilariga bu kabi holatlarda ogoh bo‘lish va tarmoqlarda tarqalayotgan bu kabi xabarlarga ishonishdan oldin ularda keltirilgan ma’lumotlarni faktchek qilish tavsiya etiladi.

2014-2025 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.