Ommaviy axborot vositalarida Qozog‘istondagi deyarli 1,8 ming maktab “Starlink” terminallari yordamida internetga ulanadi, degan ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
Maqolada taʼkidlanishicha, Qozogʻistonda raqamli infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha faol ish olib borilmoqda, 1757 ta maktabda “Starlink” sunʼiy yoʻldosh internet tarmoqlari oʻrnatilgan, 122 ta maktabda internetga ulanish ishlari yakunlanmoqda.
HUKM: ROST
Darhaqiqat, Qozog‘iston Bosh vazirining rasmiy axborot resursida e’lon qilingan ishlar haqida ma’lumot bor. Xabarda aytilishicha, “Starlink” interneti ulanish tezligini uch barobar oshirish imkonini beradi.
Gap 1757 ta maktabni sunʼiy yoʻldosh interneti bilan jihozlashdan tashqari, davlat majburiy taʼlim standartiga sunʼiy intellekt elementlarini joriy etish boʻyicha ham ish olib borish haqida bormoqda.
“Starlink” bilan Qozog‘iston maktablarini qishloq joylarida internetga ulash bo‘yicha kelishuv 2023-yilda ma’lum bo‘lgan edi. “Starlink” Ilon Maskning “SpaceX” loyihasidir.
Uning minglab sun’iy yo‘ldoshlari butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilarni yuqori tezlikdagi keng polosali internet bilan ta’minlaydi.