Birinchi Amerika monetasiga oid haqiqatlar va afsonalar

Улашиш:

Internetda AQShning birinchi rasmiy tangasida bugungi kunda biz o‘rganib qolgan “In God We Trust” (Biz Xudoga ishonamiz) shiori o‘rniga “Mind Your Business” (O‘z ishing bilan shug‘ullan) shiori yozilganligi haqidagi xabarni topishingiz mumkin. Keling, Amerika monetasi va uning shiorlari tarixida nima haqiqat va nima afsona ekanligini aniqlaylik.

Fakt: AQShning birinchi rasmiy tangasi Fugio senti edi.

1787-yilda AQSh Kongressi yangi davlatning eng qadimgi tangasi bo‘lgan Fugio sentni chiqarishga ruxsat berdi. Tangada quyosh soati va lotincha “Fugio” (“Men uchaman”) yozuvi, shuningdek, “Mind Your Business” iborasi aks etgan. Tanganing orqa tomonida birinchi shtatlarni ifodalovchi 13 bo‘g‘inli zanjir tasviri va “We are one” (“Biz birmiz”) yozuvi bor edi.

Afsona: “O‘z ishing bilan shug‘ulan” degani “Boshqalarning ishiga aralashma” degan ma’noni anglatadi.

Ushbu keng tarqalgan noto‘g‘ri tushuncha iboraning zamonaviy talqiniga asoslanadi. XVIII-asr oxirida kontekstda “O‘z ishing bilan shug‘ulan” butunlay boshqacha ma’noga ega edi. Bu ibora yosh Amerika davlati fuqarolarini o‘zlarining moliyaviy xavfsizligiga e’tibor berishga undagan va biznes, sanoat va savdoda ishtirok etishga rag‘batlantirgan. Bu boshqalar ishiga arlashmaslikdan ko‘ra o‘sha davrning mustaqil va tadbirkorlik ruhini aks ettirgan.

Fakt: Benjamin Franklin Fugio sentini yaratishda ishtirok etgan.

Tarixiy manbalar, jumladan, Atlanta Federal zaxira banki Fugio sentining dizayni Benjamin Franklinga tegishli ekanini aytadi. Bunga vizual elementlar (quyosh soati) va “O‘z ishing bilan shug‘ulan” shiori ham kiradi.

Afsona: “In God We Trust” (“Biz Xudoga ishonamiz”) shiori har doim Amerika tangalarida bo‘lgan.

Bu shior ancha keyin paydo bo‘ldi. “Biz Xudoga ishonamiz” iborasi birinchi marta 1864-yilda fuqarolar urushi paytida ikki sentlik tangaga joylashtirilgan. U qog‘oz pullarda faqat 1957-yilda paydo bo‘lgan. Bu ibora 1956-yilda Qo‘shma Shtatlarning rasmiy milliy shioriga aylandi.

Amerika tangalarining tarixi va ularning shiorlari Amerika jamiyatining qadriyatlari va ustuvorliklari evolyutsiyasini aks ettiradi. XVIII-asr oxiridagi tadbirkorlik va mustaqillikka boʻlgan eʼtibordan to XIX-asr oʻrtalarida diniy qadriyatlarga oʻtishgacha boʻlgan bu oʻzgarishlar butun mamlakat boʻylab muomalada boʻlgan tangalar metallida oʻz aksini topgan.

2014-2024 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.