O‘zbekistonda yangi alifboga o‘tiladimi?

Улашиш:

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston yangi alifboga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Ushbu xabarlarda Turk davlatlari tashkiloti tomonidan kelishilgan 34 harfli yagona turk alifbosi haqida so‘z boradi. Factchecknet.uz xabarni tekshirdi.

HUKM: MANIPULYATSIYA
Joriy yil 18-sentyabr kuni Turkiy davlatlar tashkilotining umumiy alifbo komissiyasi Boku shahrida o‘zining uchinchi majlisini o‘tkazdi va unda 34 harfdan iborat yagona turk alifbosi loyihasi kelishildi. Mazkur alifbo barcha turk tillaridagi fonemalarni ifodalovchi umumiy asos sifatida qabul qilindi. Ammo bu alifbo barcha mamlakatlar tomonidan to‘liq qabul qilinishi shart degani emas. Har bir turkiy til o‘z ehtiyojlariga qarab, mos keladigan harflarni ishlatadi.

Mutaxassislar, jumladan, Nizami Jafarov ta’kidlaganidek, yagona alifbo yaratishning maqsadi umumiy til yaratish emas, balki barcha turkiy tillar uchun bitta yozuv tizimiga asos yaratishdir. Bu esa har bir davlatga o‘z milliy ehtiyojlariga mos alifboni ishlab chiqish imkonini beradi.

Nizami Jafarov – Ozarbayjon davlat universitetining umumiy tilshunoslik kafedrasi mudiri, taniqli tilshunos va turkolog olim. U Turk davlatlari tashkilotining yagona alifbo komissiyasi a’zosi sifatida ushbu loyihaga bevosita aloqadordir.

Hozirda O‘zbekistonda yangi alifboga o‘tish haqida rasmiy qaror qabul qilinmagan. Yagona turkiy alifbo loyihasi qabul qilingan bo‘lsa-da, bu alifbo to‘liq amaliyotga joriy etilishi shart emas.

2014-2025 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.