Turkiyada Instagram bloklandimi?

Улашиш:

Telegram kanallarda Turkiyada Instagram bloklangani haqida xabarlar tarqalmoqda. Xabar mazmuniga ko‘ra, Turkiya hukumati mamlakatda Instagram’ga kirishni toʻsib qoʻygan. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish boshqarmasi saytida blokirovka qilish muddati va sabablari haqida hech qanday maʼlumot yoʻqligi aytilmoqda.

Factchecknet.uz tarqalgan xabarlar qanchalik asosliligini tekshirdi.

HUKM: ROST

Turkiya Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish boshqarmasi xabar berishicha, 2-avgust kuni Instagram’ga kirish bloklangan, deb yozadi “Reutors” nashri. Foydalanuvchilar platformaga kirishda muammolarga duch kelishgan va ilova yangilanmagan.

Axborot texnologiyalari boshqarmasi (BTK) quyidagicha bayonot bergan:
Instagram.com saytiga kirish Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish boshqarmasining 02.08.2024-yildagi va 490.05.01.2024.-608983-sonli qarori bilan bloklangan.”

Ammo rasmiylar cheklov sababini izohlab bermagan. Bu cheklovlar qachongacha davom etishi ham noma’lum. 

BTK rasmiylaridan olingan Medyascope maʼlumotiga koʻra, Instagram:

  • Otaturkni haqorat qilish”;
  •  “odamlarni qimor va giyohvandlikka yoʻnaltirish”;
  •  “bolalar bilan jinsiy zoʻravonlik qilish” 

kabi jinoyatlar katalogi tufayli yopilgan.

Shuningdek, bu blok Instagram’ning ayrim holatlarda senzura qo‘llayotgani bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. 31-iyul kuni Aloqa direktori Fahrettin Altun Instagram ijtimoiy media ilovasida Ismoil Haniyaning vafoti munosabati bilan hamdardlik maktubini o‘rtoqlashgan. Keyinchalik Instagram bu postga kirishni bloklagan.

Turkiya prezidenti maʼmuriyati aloqa bo‘limi rahbari Fahrettin Altun qaror Ismoil Haniya o‘limi munosabati bilan paydo bo‘lgan hamdardlik chellenjiga, Instagram tomonidan taqiq qo‘yilishi ortidan qabul qilinganiga ishora qilgan.

Bu senzura, ochiqchasiga senzura. Ular kishilarga erkin fikrlari uchun taqiq qo‘yishmoqda”, — deya holatga munosabat bildirgan Fahrettin Altun.

Turkiyada avval ham turli vaqtlarda ko‘plab veb-saytlar va ijtimoiy media platformalari taqiqlangan edi:

  • YouTube kabi blog saytlari; 
  • Google’ga tegishli video sayti, Vikipediya; 
  • eng yirik raqamli entsiklopediya va uning turkcha versiyasi;
  • ijtimoiy media platformasi.

Turkiya matbuotiga ko‘ra, Turkiyada 85 million aholidan iborat Instagram’ga 50 milliondan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan.


Instagram bilan kuzatilgan ushbu holatga Platforms Inc (META.O) izoh bermagan.

2014-2025 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.