Telegram kanallarida Shimoliy Koreya prezidenti 30 nafarga yaqin amaldorlarni suv toshqinining oldini ololmaganligi sababli qatl ettirgani haqidagi xabarlar tarqaldi.
Factchecknet.uz xabarlar qanchalik asosli ekanini tekshirdi.
HUKM: ROST
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi prezidenti Kim Chen In suv toshqini sodir bo‘lgan hududlarni ko‘zdan kechirgan.
foto:KCNA VIA KNS/AFP
“The Guardian” xabariga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning shimoli-g‘arbiy provinsiyasida vayron qiluvchi suv toshqini sodir bo‘lgan. Bu minglab aholini uysiz qolishiga olib kelgan. 5000 nafarga yaqin aholi izolyatsiya qilingan. Harbiylar yarim kun ichida 4200 kishini qutqarish uchun 10 ta samolyot bilan taxminan 20 ta parvozni amalga oshirgan. Kim Chen In 5000 kishining hayotini saqlab qolgan harbiylarni harakatlari uchun maqtagan. Ammo u rasmiylarga kuchli yomg‘ir, suv toshqini tufayli yetkazilgan zararning oldini olishga yetarli darajada choralar ko‘rilmaganligi sababli tanbeh bergan.
Foto:KCNA VIA KNS/AFP
“Chosun TV” bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Chagang provinsiyasida sodir bo‘lgan suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida 4000 nafarga yaqin odam halok bo‘lgan. Shimoliy Koreya davlat matbuoti o‘tgan oyda so‘nggi kuchli yomg‘irlar oqibatida shimoli-g‘arbiy Sinuyju shahri va qo‘shni Uyju shaharchasida 4100 ta uy, 7410 gektar qishloq xo‘jaligi dalalari va boshqa ko‘plab jamoat binolari, yo‘llar va temir yo‘llarini suv bosganini ma’lum qilgan.
Foto:KCNA VIA KNS/AFP
Oʻshanda Kim Chen In rasmiylardan tabiiy ofatlarning oldini olish boʻyicha oʻz masʼuliyatini eʼtiborsiz qoldirib, “hatto qabul qilib boʻlmaydigan qurbonlarga” sabab boʻlganlarni qattiq jazolashni soʻragan. Shimoliy Koreya rasmiylari qoʻshimcha qilishicha: “avgust oyi oxirida suv toshqini sodir boʻlgan hududda 20-30 nafar amaldor bir vaqtning oʻzida qatl etilgan. Ishdan boʻshatilgan Chagang viloyati partiyasi kotibi Kang Bong-Xun qoʻlga olingan”.
Janubdagi “Chosun TV” tomonidan xabar berilgan qatl qilingan amaldorlar haqidagi xabarlar rasmiylar tomonidan tasdiqlanmagan. Janubiy Koreya josuslik agentligi aniq tafsilotlarni bermasdan, faqat “qatl qilinganligining belgilarini aniqlaganini” aytgan.
“20 nafardan 30 nafarga yaqin rahbar korrupsiya va xizmat vazifasini bajarmaslikda ayblangan. Ular o‘lim jazosiga hukm qilindi”, — dedi o‘zining ismini oshkor etmagan Shimoliy Koreya rasmiysiga tayanib “Chosun TV”.