Ishga joylashishda qanday qilib aldanib qolmaslik mumkin?

Улашиш:

Tarmoqda poytaxt aeroportiga ishga joylashtirish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari qayd etildi.

Firibgarlar ma’lum miqdordagi mablag‘ evaziga aeroportga ishga joylashishga yordam berishni va’da berishadi, biroq pulni olgach, o‘z majburiyatlarini bajarmay g‘oyib bo‘lishadi.

“Uzbekistan Airports” kompaniyasi rasman ma’lum qiladiki, mamlakat aeroportlarida ishga joylashish jarayoni faqat nomzodlarni tanlov asosida tanlashga asoslangan elektron tizim orqali amalga oshiriladi. Bu ishga qabul qilish jarayonining shaffofligi va yuqori samaradorligini ta’minlaydi, shuningdek, firibgarlar tuzog‘iga tushib qolish ehtimolini kamaytiradi.

“Elektron tizim joriy etilganidan buyon 284 ta tanlov o‘tkazilib, ular davomida 218 nafar yangi xodim ishga qabul qilindi”, — deyiladi xabarda.

Firibgarlikning oldini olish uchun kompaniya murojaat etuvchilarga faqat rasmiy va tasdiqlangan kanallardan foydalanishni tavsiya qiladi. Boʻsh ish oʻrinlari haqidagi joriy maʼlumotlarni rasmiy veb-sayt yoki Telegram kanalida topish mumkin.

O‘zbekiston aeroportlari va sho‘ba korxonalarining (UzPort va UzCargo) bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi barcha ma’lumotlar faqat ushbu manbalarda joylashtirilgan.

Bu muhim!

Internetda bunday sxemalar tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun nima qilish kerak?

1.     Ma’lumotni tekshirish va faqat rasmiy manbalarga murojaat qilish lozim.

2.     Vositachilar orqali berilgan takliflarga ishonmaslik — agar kimdir pul evaziga kafolatlangan ishga joylashishni taklif qilsa, bunga shubha bilan qarash kerak.

3.     Savollar berish va tasdiqlashni talab qilish lozim: agar sizda biroz shubha bo‘lsa, taklifning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlarni so‘rang.

Ogoh bo‘ling va o‘zingizni firibgarlardan himoya qiling!

2014-2025 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.