"Wednesday" барча қисмлар HD форматда

"Wednesday" барча қисмлар HD форматда

WednesdayCharles Addams yaratgan Wednesday Addams qahramoniga asoslangan dahshatli komediya janridagi teleserial. Serial Alfred Gough va Miles Millar tomonidan yaratilgan. Bosh rollarni Jenna Ortega, Catherine Zeta-Jones, Luis Guzmán, Isaak Ordonez, Hunter Doohan, Gwendoline Christie, Riki Lindhome, Jamie McShane, Fred Armisen va Christina Ricci ijro etgan. Serialning sakkiz qismidan toʻrttasiga Tim Burton rejissyorlik qilgan. Serial sujeti oʻz maktabida dahshatli sirni bilishga intilayotgan qahramon atrofida aylanadi.

Suratga olish ishlari 2021-yil sentabridan 2022-yil martigacha Ruminiyada olib borilgan. „Wednesday“ premyerasi 2022-yil 16-noyabrda boʻlib oʻtgan[1]. Serial chiqarilganidan keyin ikki hafta ichida ingliz tilidagi Netflix’ning eng koʻp tomosha qilingan uchinchi serialiga aylandi.
"Wednesday" барча қисмлар HD форматда
Serialning bosh qahramoni — Wednesday Addams
, Addamslar oilasi aʼzolaridan biri, Gomez va Morticia Addamsning yagona qizi, Nevermore akademiyasining talabasi boʻladi. U oʻzining ruhiy qobiliyatlarini egallashga, Jericho shahrini qoʻrquvga solgan maxluqning dahshatli qotilliklarini toʻxtatishga va 25 yil oldin ota-onasi aralashgan sirni aniqlashga harakat qiladi hamda bularning barchasi uning Nevermore akademiyasidagi yangi va juda chalkash munosabatlari fonida yuz beradi.