Markaziy Osiyo davlatlari sanksiyalar siyosatining garoviga aylanganmi?

Улашиш:

Qisqacha mazmun. Resurslardan birida quyidagi mazmundagi ma’lumot paydo bo‘ldi.

“Markaziy Osiyo davlatlari sanksiyalar siyosatining garoviga aylangan. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining VI Maslahat uchrashuvidagi nutqida aytib o‘tdi.

Mirziyoyevning taʼkidlashicha, mintaqa o‘zining geosiyosiy joylashuvi tufayli global ishonch inqirozi va mojarolar keskinlashuvining barcha salbiy oqibatlarini to‘liq boshdan kechirmoqda”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, Oʻzbekiston rahbarining Ukraina va Yaqin Sharq atrofidagi vaziyat Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror rivojlanishiga bevosita taʼsir koʻrsatishi haqida soʻzlari keltiriladi. An’anaviy savdo va transport zanjirlari buzilgani, logistika xarajatlari sezilarli darajada oshgani, inflyatsion bosim kuchayib borayotgani, jahon kapital bozoridagi imkoniyatlar pasayib, protektsionizm kuchayib, yangi to‘siqlar paydo bo‘layotgani aytilgan.

Bunday vaziyatdan chiqish yo‘li sifatida savdo to‘siqlarini bartaraf etish maqsadida iqtisodiy sheriklikni uzoq muddatli rivojlantirishning yangi modelini ishlab chiqish taklif etildi.

HUKM: QISMAN ROST

Prezident Shavkat Mirziyoyev haqiqatda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvida ishtirok etgan, uning nutqi davlat rahbarining rasmiy portalida eʼlon qilindi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston rahbari sanksiya bosimi haqidagi iborani davom ettirar ekan, internet-resurs materialda tilga olinmagan yana bir muammo haqida ham gapirdi. Shu tariqa Shavkat Mirziyoyev xalqaro yig‘ilishda yana bir fikrni eslatib o‘tdi.

“Mintaqamiz barqarorligining muhim omili hisoblangan qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi bilan bog‘liq masalalar xalqaro kun tartibida ikkinchi darajaga tushib qoldi.

Shuni ta’kidlab o‘tmoqchimanki, Markaziy Osiyoning buguni va kelajagi, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi ko‘p jihatdan umumiy sa’y-harakatlarimizga, yaqindan hamkorlik qilish, qat’iy choralar ko‘rish va mintaqa manfaatlarini birgalikda ilgari surishga tayyorligimizga bog‘liq.

Tashqi siyosat idoralarimiz tomonidan strategik hujjat – Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz”, — deyiladi nutqda.

Shuningdek, Prezident tarif va tarifsiz to‘siqlarni bartaraf etish, muvofiqlik sertifikatlarini o‘zaro tan olish va normativ hujjatlarni unifikatsiya qilish, bojxona operatsiyalari va fitosanitariya tartib-qoidalarini raqamlashtirish, davlat xaridlarida o‘zaro foydalanish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish muhimligini ta’kidladi. 

Nutqda shuningdek quyidagilar haqida gap boradi:

  • sanoat kooperatsiyasini rag‘batlantirish;
  • mintaqalararo transport-kommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish;
  • oziq-ovqat xavfsizligi sohasida ishlash;
  • energetika sektori;
  • global iqlim o‘zgarishi oqibatlari.

Toʻliq matnni oʻqib chiqilsa, avvalida tilga olingan iqtibos iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va xalqaro miqyosdagi oʻzaro hamkorlikni kengaytirish haqida soʻz yuritiladigan koʻp qirrali va katta hajmdagi maʼruzaning bir qismi ekanini anlash mumkin.

2014-2025 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.