Yangiliklar oqimida feyklarni qanday aniqlash mumkin?

Улашиш:

Dezinformatsiya va OAVlar manipulyatsiyasini tekshirishga oid qo‘llanmadagi maqolalardan birining muallifi Jeyn Litvinenko yangiliklarda yolg‘on ma’lumotni qanday aniqlash haqida yozadi.

Jeyn “BuzzFeed News”ning katta muxbiri sifatida tajribaga ega, bu yerda uning asosiy yo‘nalishi dezinformatsiya, kiberxavfsizlik va onlayn tekshiruvlardir.

Yangiliklar paydo bo‘lganda, ishonchli ma’lumotlar yuzaga chuqqunga qadar bir necha soat yoki hatto kunlar ketishi mumkin. Ayni damda axborot bo‘shlig‘ini feyklar va dezinformatsiyalar bilan to‘ldirish mumkin bo‘lib, ular qasddan ham, bilib-bilmasdan ham tarqatiladi.

Misol uchun, ommaviy sahifalar yoki foydalanuvchilar noto‘g‘ri ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan u yoki bu yangiliklarni olishlari mumkin. Maqola muallifi fikricha, voqeaning dastlabki daqiqalari va soatlarida kuchaygan his-tuyg‘ular va sekin yangiliklar oqimining uyg‘unligi jurnalistlardan tezkor yangiliklarni samarali kuzatish, tekshirish va kerak bo‘lganda ularni rad etishga tayyor bo‘lishni talab qiladi, deb hisoblaydi maqola muallifi.

Feyk tvit, surat, ijtimoiy tarmoqdagi akkaunt yoki maqola yaratish uchun bor-yo‘g‘i bir necha daqiqa kerak bo‘ladi, real ma’lumot esa uning ortida qolib keladi.

Mana, marta xato ma’lumotlar haqiqiy yangilik sifatida uzatilganligiga bir nechta misollar:
1. Soxta yoki kontekstdan uzilgan tasvirlar. Masalan, suv bosgan magistral bo‘ylab suzayotgan akula tasviri kabi.

2. Soxta qurbonlar yoki jinoyatchilar. Jeyn Litvinenko 2018-yilgi Parklenddagi otishma paytida Bill O’Reylining soxta akkaunti gumonlanuvchining soxta ismini tarqatishga uringani misolini keltiradi.

Shuningdek, muallifning ta’kidlashicha, agar siz maqola yozsangiz, sarlavha va matnni, birinchi navbatda, yolg‘onga emas, balki haqiqatga asoslagan ma‘qul. Yolg‘onning takrorlanishi odamlar xotirasida noto‘g‘ri ma’lumotlarni saqlanib qolishiga olib kelishi mumkin.

Fakt tekshiruvchilarining vazifasi yolg‘on ma’lumotlarning tarqalishini minimallashtirish va odamlarni aniq ma’lumotga yo‘naltirishdir.

“Hozirda shoshmaslik uchun yangiliklar paydo bo‘lishidan oldin har bir vositadan foydalanish muhimdir. Dezinformatsiya hissiyot bilan o‘ynaydi va yangiliklarni yoritishdagi bo‘shliqlardan foydalanishga mo‘ljallangan. Internetda ma’lumot qidirayotganda buni yodda tuting. Shuningdek, siz hamkasblaringizga yordam beradigan aniq ma’lumotlarga tez-tez duch kelasiz. Rost deb bilgan hamma narsani yozib qo‘ying, shunda yolg‘on narsalarni tezroq aniqlaysiz”, – deb maslahat beradi maqola muallifi.

2014-2024 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.