“Uzbekistan Airways” samolyoti germetizatsiya buzilishi tufayli qo‘ndimi?

Улашиш:

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdan Ostonaga uchayotgan samolyot bortidagi germetizatsiya buzilishi tufayli uchib chiqqan aeroportiga qaytgani haqida maʼlumot paydo boʻldi.

Shuningdek, postda ekipaj yuqoriga ko‘tarilishni to‘xtatishga majbur bo‘lgani haqida xabar berilgan.

HUKM: QISMAN TO‘G‘RI

Ha, haqiqatan ham HY-721 reysi uchgan aeroportiga qaytishga majbur bo‘ldi. Bu maʼlumotni “Uzbekistan Airways” tasdiqladi. Biroq, sabab sifatida germetizatsiya buzilishini emas, balki noto‘g‘ri signalizatsiya ishlab ketganini keltirishdi.

Bu haqda kompaniyaning Telegram kanalida rasmiy xabar paydo bo‘ldi.

“Yuk bo‘limi eshigining noto‘g‘ri signalizatsiyasi ishga tushganligi sababli, ekipaj balandlikka ko‘tarilishni to‘xtatib, protseduralarga muvofiq jo‘nab ketish aeroportiga qaytishga qaror qildi. Aviakompaniya mutaxassislari havo kemasini parvozga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha barcha zarur ishlarni amalga oshirdilar va havo kemasi yaqin fursatlarda o‘z yo‘nalishi bo‘yicha parvozni amalga oshiradi”, — deyilgan xabarda.

2014-2024 SANGZOR.uz. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.