YXHT Markaziy Osiyo jurnalistlari uchun media-maktab oʻtkazdi

Улашиш:

Sun’iy intellekt rivojlanishda davom etmoqda. Bundan jurnalistlar ishini yengillashtirish uchun ham, soxta xabarlar yaratish uchun ham foydalanish mumkin.

Sun’iy intellektni (SI) media ish oqimlariga integratsiyalashuvi yuqori samaradorlik, shaxsiylashtirish va avtomatlashtirish imkonini berdi. Subtitr va transkripsiyadan tortib kontent yaratish va tarqatishgacha bo‘lgan davrda sun’iy intellekt ko‘plab jarayonlarni optimallashtirib, mutaxassislarga e’tiborni ijodiy va strategik vazifalarga qaratish imkonini berdi.

Muhimi, SI’ga asoslangan vositalar asl kontentdan farqlash qiyin bo‘lgan soxta matnlar, tasvirlar va videolarni yaratishi mumkin. Bu media platformalar uchun ma’lum xavflarni keltirib chiqaradi.

YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori YXHTning Bishkek, Ostona va Ashxoboddagi Dasturlar byurosi bilan hamkorlikda Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyati Ko‘shko‘l qishlog‘ida Markaziy Osiyo yozgi media maktabini o‘tkazdi.

“InfoSavvy: AI-Expedition and Media  Literacy” deb nomlangan besh kunlik tadbir Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va O‘zbekistondan 22 nafar yosh jurnalist va blogerlarni birlashtirdi.

Treninglarni SI va mediasavodxonlik sohasi mutaxassislari Sem Kan, Endryu Yurkovskiy, Elira Turdubayeva va Otabek Rashidovlar olib borishdi. Ular ishtirokchilarga turli misollarni taqdim etdilar.

Tadbir doirasida ishtirokchilar media landshaftdagi axborot bilan munosabatda bo‘lish ko‘nikmalariga ega bo‘ldilar. SI vositalaridan foydalanish markaziy mavzuga aylandi. Seminarlarda ishtirokchilarga soxta yangiliklarni aniqlash va ularga qarshi kurashish texnologiyalari haqida so‘zlab berildi.

Factchecknet.uz trener Endryu Yurkovskiydan trening haqida qanday fikrda ekanligini va dezinformatsiya davrida SI vositalaridan foydalanishni bilish nima uchun muhimligini so‘radi?

YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar Koordinatoridagi  “Inson o‘lchovi” loyihasining katta direktori Endryu Yurkovskiy:

– Meni talabalar hayratda qoldirdi, ularning barchasi jonboz va faol edilar va ularning har biri o‘z mamlakatlari oldida turgan muammolar va jurnalistika qanday o‘zgarishlar qilishi mumkinligi haqida aniq tasavvurga ega.

Men dezinformatsiyaning har qanday muhokamasini jamiyat uchun foydali deb hisoblayman. SI haqiqiydek ko‘rinadigan va jamoatchilikni chalg‘itadigan video va fotosuratlarni yaratishni osonlashtiradi. Biz nafaqat sun’iy intellekt yaratadigan mahsulotlarni, balki uning rivojlanishi shaxsiy hayot, inson huquqlari va intellektual mulk huquqlariga qanday ta’sir qilishini ham kuzatishimiz kerak.

Bundan tashqari, men doimo o‘zimizdan jamoatchilikka qanday ma’lumot kerakligi haqida so‘rashimiz kerak deb o‘ylayman.

Ideal holda, sun’iy intellekt ma’lumot to‘plash va yaratishni osonlashtiradi, lekin u o‘quvchilar/tomoshabinlar/tinglovchilar e’tiborini qaratishi va nima muhimligini tushunishga qodirmi? Telegram yoki X’dagi qisqa xabarlar asosida murakkab qarorlar qabul qila olamizmi va bu kerakmi?

2014-2024 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.