Gazli ichimlik tish emalini eritadimi?

Улашиш:

Coca-Cola tarkibidagi ortofosfor kislotasi tish emalini eritishi mumkin. Bu haqda Telegram kanallaridan birida maʼlumotlar tarqaldi va Factchecknet.uz ushbu bayonotni tekshirishga qaror qildi.

HUKM: YOLG‘ON

Bu ortofosfor kislotasi stomatologiyada emalni tishga plomba qo‘yish oldidan eritish uchun ishlatilishiga asoslangan oddiy mubolag‘adan boshqa narsa emas. Biroq, stomatologiyada u yuqori konsentratsiyalarda va tish shifokorining qat´iy nazorati ostida qo‘llaniladi.

Coca-Cola tarkibida ham ortofosfor kislotasi mavjud, ammo uning konsentratsiyasi va tishlarga ta’sir qilish vaqti emalni bir qultumda yoki qisqa vaqt ichida eritib yuborishga yetmaydi.

Biroq, ushbu gazli ichimlikni uzoq muddatda muntazam iste’mol qilish quyidagi sabablarga ko‘ra tish holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin:

– ichimlik tarkibida ko‘p shakar mavjud;

– uning tarkibida ortofosfor kislotasidan tashqari kislota miqdorini oshiruvchi karbonat angidridi ham mavjud. 

Shuningdek, gazlangan ichimliklar ovqat hazm qilishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va osteoporoz xavfini oshirishi mumkin. Ichimlik tarkibidagi shakarning ko‘pligi kalloriya iste’molining ko‘payishiga, bu esa semirishga va qandli diabetning rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Ko‘p mamlakatlar va mintaqalar shakarli gazlangan ichimliklarni haddan tashqari iste’mol qilish bilan bog‘liq jiddiy muammolarni tan olishmoqda. Bunga javoban turli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

2014-yilda Meksika shakarli ichimliklar uchun dunyodagi eng yuqori soliqlardan birini joriy qildi, bu esa iste’molning sezilarli darajada pasayishiga olib keldi.

2019-yil holatiga ko‘ra, 37 dan ortiq mamlakatlar, jumladan Ekvador, Hindiston, Irlandiya, Meksika, Peru, Filipin, Janubiy Afrika va Tayland kabilar qandli ichimliklarga soliq joriy etgan.

Fransiya ham qandli ichimliklar savdosiga soliq kiritgan va boshlang‘ich maktablarda bunday ichimliklarni sotishni taqiqlagan. Buyuk Britaniyada esa ichimlik tarkibidagi qand miqdoriga ko‘ra ikki bosqichli soliqqa tortish tizimi joriy qilingan.

Tavsiyalar:

– qandli gazlangan ichimliklar iste’molini cheklash;

– ichimlikdan keyin og‘izni suv bilan chayqash;

– tishlarni muntazam ravishda (kuniga ikki marta) ftoridli tish pastasi bilan yuvish va tish ipidan foydalanish;

– yiliga ikki marta tish shifokoriga profilaktik tekshiruvlar va tishlarni tozalash uchun ko‘rinish.

2014-2025 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.