Telegram kanallarda yuzdagi toshmalarni siqish inson salomatligi uchun xavfli ekanligi haqida ma’lumotlar tarqalmoqda. “Yuzning uchburchak zonasidagi ugrilarni siqish o‘limga olib keladi”, — deyiladi xabarda.
Factchecknet.uz mazkur xabar qay darajada haqiqatga yaqinligini tekshirib koʻrdi.
HUKM: HAQIQAT
Yuzning uchburchak sohasi — yuzning cho‘qqisi sifatida qoshlar orasidagi burun tepasidan teng yonli uchburchakni o‘z ichiga oladi va uning asosi sifatida yuqori lab atrofidagi og‘iz burchaklarida tugaydi. Yuzning bu sohasida toshmalar paydo bo‘lishi haqiqatan ham xavfli, chunki u infeksiya tarqalib ketishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, u bosh suyagiga bevosita bog‘liq bo‘lgan qon tomirlari yaqinida joylashgan. Ammo bu ikkilamchi ta’sir, infeksiya tushishi va shu joy yallig‘lanishi bilan bog‘liq.
Agar uchburchak sohada “ugri” paydo bo‘lsa va unga tashqi ta’sir ko‘rsatish orqali qon oqimiga o‘ta zaharli yoki juda chidamli va agressiv bakterial infeksiya kirsa, u tananing boshqa qismlariga, shu jumladan, miyaga ham o‘tishi mumkin. Miyaning bakterial infektsiyalardan kelib chiqqan yallig‘lanishi insult, eshitish qobiliyatini yo‘qotish yoki miyaning doimiy shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Ko‘p qatlamli infeksiya soch follikulasida infeksiya qo‘zg‘atishi mumkin. Ko‘proq uchraydigan boshqa asoratlar ham bor. Yuzning istalgan qismida toshma paydo bo‘lganda yuzga tegish, tirnash mumkin emas. Aks holda yallig‘lanish yoki atopik dermatit kabi oqibatlar yuzaga kelishi mumkin.
Uchburchak sohada toshma paydo bo‘lishi hayot uchun xavfli bo‘lgan infeksiya turini tug‘dirishi va natijada, kavernoz sinus trombozi (CST) rivojlanishi mumkin. Bunda kavernoz sinuslarda noyob qon ivishi yuzaga keladi. Bu miyada qon oqimini kechiktiradi. CST xavfli, hatto o‘limgacha olib borishi mumkin bo‘lgan kasallikdir, ammo uning alomatlarini darhol aniqlash o‘lim va asoratlar xavfini kamaytiradi.
Kevernoz sinus trombozi belgilariga quyidagilar kiradi:
- isitma;
- bosh og‘rig‘i;
- ko‘z harakatlarini boshqaradigan mushaklarning falaji;
- ko‘z atrofidagi shish.