Telegramdagi DDoS-hujumi tufayli ishdan chiqqani rostmi?

Улашиш:

21-avgust kuni Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston davlatlaridagi foydalanuvchilar Telegram’dagi uzilishlar haqida xabar berishdi.

Buni Downdetector servisi ma’lumotlari tasdiqlaydi.

“Roskomnadzor” Telegram va WhatsApp’dagi nosozlik DDoS-hujumi bilan bog‘liqligini ma’lum qildi.

HUKM: MANIPULYATSIYA

Internet himoyasi jamiyati direktori Mixail Klimarev uzilishga DDoS-hujumi sabab bo‘lishi mumkinligiga shubha bildirdi.

DDoS — bu taqsimlangan hujum. Bunday hujumning mohiyati shundan iboratki, hujum qilingan resursga Internetning turli burchaklaridan ko‘plab so‘rovlar yuboriladi (aynan shu taqsimlash deyiladi), shunda hujum qilingan resurs barcha so‘rovlarga javob berishni eplolmay qoladi.

Keling, Rossiya Federatsiyasidagi barcha operatorlarga qarshi DDoSni qanday tashkil qilish mumkinligi haqida o‘ylab ko‘raylik? Men buni qanday qilib amalga oshirish mumkinligini umuman tushunmayman. Qolganlari (shu jumladan , darvoqe VPN) ishlayotgan paytda, xususan, messenjerlar va boshqa bir nechta resurslar ishlamay qolganini qanday izohlash mumkin?” — deb yozdi Klimarev o‘zining telegram kanalida.

Shuningdek, Klimarev rasmiylar messenjerlarni blokirovka qilishga urinib ko‘rgan bo‘lishi mumkinligini, aynan shu qisqa muddatli uzilishga olib kelganini taxmin qildi.

“Ehtiyot bo‘ling, yangiliklar” telegram kanali ham Rossiyada messenjer faqat VPN bilan ishlaganini yozdi. Biroq, ba’zi foydalanuvchilar hech qanday muammoga duch kelmaganlar. Rossiyadagi WhatsApp’da ham nosozlik kuzatildi.

“Roskomsvoboda” hammuassisi Sarkis Darbinyan agentlikka “markazlashtirilgan ta’sir” bo‘layotganini aytdi. “Roskomsvoboda” texnik direktori, “Privacy Accelerator” asoschisi Stanislav Shakirov, o‘z navbatida, qo‘shimcha qildi: “Roskomnadzor”, aftidan, Telegram’ni bloklashga uringan, keyin Telegram’ni bloklash RuNet’dagi boshqa resurslarni ham larzaga solgan. Bunday hol 2018-yilda ham bo‘lgan, xuddi shu ssenariy”.

“Roskomnadzor” avvalroq Rossiyada Telegram messenjerini blokirovka qilishga uringan edi.

Telegram sud qarori bilan bloklangandi; blokirovka 2018-yil 16-apreldan 2020-yil 18-iyungacha davom etgan, aslida esa messenjer shu vaqtgacha ishlashda davom etdi.

Bloklash vaqtida koʻplab siyosatchilar va idoralar messenjerdan rasmiy maʼlumotlarni eʼlon qilish uchun foydalana boshladi.“Roskomnadzor” va prokuratura Rossiyada Telegram’ni blokirovka qilishga urinishni to‘xtatishga qaror qilgach, Telekommunikatsiya va ommaviy kommunikatsiyalar vazirligining o‘sha paytdagi rahbarining o‘rinbosari Aleksey Volin messenjerni blokirovka qilish texnik jihatdan imkonsiz ekanligini aytgan edi.

2014-2024 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.