Smartfonlarni tez quvvatlash texnologiyasi: afsona va haqiqatlar

Улашиш:

Bugungi kunda smartfonlar avvalgi avlod telefonlariga nisbatan tez quvvatlanish xususiyatiga ega ekanligi haqidagi va’da qiluvchi ta’riflar bilan sotiladi. Tez quvvatlash texnologiyasi Programlanadigan Quvvat Manbai (PPS) va “USB Powyer Delivery (USB-PD) 3.0” standartlariga asoslangan. Ushbu texnologiyalar to‘g‘ri kuchlanish va oqimni ta’minlab, batareyaning yomonlashishini minimallashtiradi.

“Samsung”, “OnePlus”, “OPPO” va “Apple” hozirgi tez quvvatlash standartini 30W qilib belgilagan, ba’zi “Android” telefon ishlab chiqaruvchilar esa 55W yoki 65W quvvatlagichlarni taklif qilmoqda. Bu shuni anglatadiki, zamonaviy telefonlar litium-ion batareyalari bilan jihozlangan bo‘lib, yarim soatdan kamroq vaqt ichida to‘liq zaryadlanishi mumkin. Ishlab chiqaruvchilar 100W va 120W tez quvvatlash texnologiyalarida ham ishlamoqda. Bu texnologiyalarni qo‘llashda kuchlanish boshqaruvi muhim ahamiyatga ega.

Tez quvvatlash bilan bog‘liq afsonalar:

1. Tez quvvatlash batareyaga zarar yetkazadi: tez quvvatlash faqat apparat nosozligida yoki zaryadlash uskunasi nosoz bo‘lgan hollarda zararli bo‘lishi mumkin.

2. Telefonni kechasi quvvatlashda qoldirish zararli: zamonaviy telefonlar tokni boshqaruvchi chiplar bilan jihozlangan bo‘lib, to‘liq quvvatlangandan keyin tokni o‘chirib qo‘yadi.

3. Batareyani nolga tushirish va keyin to‘liq zaryadlash kerak: bu usul nikel-kadmiy batareyalari mos to‘g‘ri bo‘lsa-da, litium-ion batareyalari uchun zararli hisoblanadi. Telefonni to‘liq quvvatsizlantirish batareya kimyoviy reaksiyalarini yomonlashtiradi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, telefonni 20-30% zaryad qolganda quvvatlash va 80-90 %ga yetganda o‘chirish eng yaxshi natija beradi. Telefonni nolga tushirish yoki 100 %gacha zaryadlash batareya umrini qisqartiradi.

Shuningdek, litium-ion batareyalari harorat o‘zgarishlarini yoqtirmaydi. Telefonni juda issiq yoki sovuq joylarda quvvatlash batareyaga zarar yetkazadi. Zaryadlash jarayonida telefonni quyosh nuri yoki issiqlik manbalaridan uzoqroq saqlash tavsiya etiladi.

2014-2025 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.