“Ushbu virus kamdan-kam uchraydigan “go‘sht yeyuvchi bakteriyalar” tomonidan qo‘zg‘atilgan va COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq cheklovlar yumshatilgandan so‘ng kasallanishlar soni ko‘paygan”, — deyiladi Telegram kanalida.
Pandemiyadan keyin har qanday bunday xabarlarga ishonish mumkin, ayniqsa noma’lum viruslar haqida gapiradigan bo‘lsak. Ba’zi manbalar aytganidek, bu juda kam uchraydimi? Keling, buni aniqlaylik.
HUKM: MANIPULYATSIYA
Chet el ommaviy axborot vositalarida jarohatlar va ochiq yaralar orqali zararlanish mumkin, shuning uchun siz yaralarni dezinfeksiya qilishingiz va qo‘lingizni yuvishingiz kerakligini aytildi.
Gap A guruhi streptokokklari, ya’ni beta-gemolitik grammusbat bakteriya haqida bormoqda. Shu bilan birga, nashrlarda ta’kidlanishicha, odamlar ko‘pincha streptokokklar, shu jumladan “go‘sht yeyuvchi bakteriya” deb ataladigan A iGAS streptokokklari bilan kasallanadilar. Biroq, infektsiyalangan har bir kishi streptokokk toksik shok sindromini (STSS) olmaydi.
Yaponiya Milliy yuqumli kasalliklar instituti mart oyida e’lon qilingan bayonotda infektsiyalar soni ortib borayotgani haqida ogohlantirgan. 2-iyun holatiga ko‘ra, Yaponiyada taxminan 977 ta STSS holati qayd etilgan.
Bu avvalgi davrga nisbatan sezilarli o‘sishdir, Yaponiyada 2023-yil davomida 941 ta holat qayd etilgan. Buning sabablaridan biri COVID-19 ga qarshi kurash choralarining sustlashgani bo‘ldi.STSS kamdan-kam uchraydi va butun dunyoda uzoq vaqtdan beri mavjud. Misol uchun, Amerika Qo‘shma Shtatlarida ko‘p yillar davomida streptokokk toksik shok sindromi va invaziv streptokokk infektsiyalari kuzatilgan. Ushbu yoʻnalishdagi ilmiy ishlar bilan havola orqali tanishishingiz mumkin.