Hozirgi avlod 60 yoshgacha yashamaydimi?

Улашиш:

Bunday umidsiz prognozlar haqida mahalliy pabliklarda yozilmoqda. Hamma narsaga skrolling aybdor, go‘yoki u sababli hozirgi avlodni tez orada o‘lim kutmoqda.

 “Telefonda o‘tkazgan har bir soat insult xavfini 58 foizga va yurak xastaligi xavfini 55 foizga oshiradi. Mutaxassislarning ogohlantirishicha, ishdan tashqari ekranda ishlash vaqti 2 soatdan oshmasligi kerak”, — deyiladi habarda.

Xabarda qandaydir shifokorlar gaplariga iddao qilinadi. Demak, xabarga ishonish mumkinmi? Keling, buni aniqlaylik.

HUKM: MANIPULYATSIYA

Shunga o‘xshash xabarlar rus kanallari va ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi (123). O‘zbekiston segmenti ham ushbu yangilikni ko‘chirib chop etishga qaror qildi.

Biroq hech qayerda manbalarga havola yo‘q, qaysi shifokorlar bu bayonotni va qaysi tadqiqotga asoslanib aytgani haqida hech qanday izoh yo‘q.

Berilgan raqamlar va foizlar o‘quvchilarda ishonch uyg‘otgandek tuyuladi, lekin ular qayerdan olingani aytilmagan.
JSST yurak xastaligi va insultga eng katta xavfni noto‘g‘ri ovqatlanish, past jismoniy faollik, tamaki va spirtli ichimliklarni ko‘p iste’mol qilish keltirib chiqaradi, deb hisoblaydi. Muhim ekologik omillardan biri bu havoning ifloslanishidir.

2014-2024 SANGZOR.UZ. "KUMUSH SERVIS MEDIA" MCHJ.